O'zbekiston respublika valyuta birzhasida undiriladigan vositachilik mukofoti (yig'imlar) miqdori Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan "O'zbekiston respublika valyuta birzhasida vositachilik mukofoti (yig'imlar)ni undirish tartibi"ga muvofiq quyidagicha belgilangan :
1.Chet el valyutasi operaciyalari bo'yicha vositachilik mukofoti:
- chet el valyutasidagi bitimlar bo'yicha vositachilik mukofoti dilerning chet el valyutasi haridi va sotuvi (sotuvi va haridi) hazhmlari o'rtasidagi musbat farqdan, ya'ni netto muomalasidan 0,05% miqdorida undiriladi;
- valyutaviy svop operaciyalarini amalga oshirishda har bir dilerlardan svop bitimi tuzilaetganda bitim summasidan 0,01% miqdorida vositachilik mukofoti undiriladi.
2. Davlat qimmatli qog'ozlari bilan operaciyalar bo'yicha vositachilik mukofoti:
- davlat qimmatli qog'ozlari bilan amalga oshiriladigan operaciyalar bo'yicha vositachilik mukofoti dilerlardan aukcionda tuzilgan har bir bitim summasining 0,02%i miqdorida hamda ikkilamchi savdolarda dilerlar tomonidan tuzilgan har bir bitim summasining 0,015%i miqdorida undiriladi;
- REPO operaciyalari bo'yicha vositachilik mukofoti dastlabki sotuvchidan va dastlabki haridordan REPO operaciyasining birinchi qismi amalga oshirilgan kuni bitim summasining 0,015%i miqdorida undiriladi.
3. Banklararo pul bozoridagi operaciyalar va Markaziy bankning tizhorat banklari bilan o'tkaziladigan depozit aukcionlari bo'yicha vositachilik mukofoti:
- banklararo pul bozoridagi operaciyalar bo'yicha vositachilik mukofoti har bir Dilerdan har bir tuzilgan bitim summasining 0.00092%i miqdorida (shu zhumladan, vositachilik mukofoti miqdori 0.00080% va QQS miqdori - 0.00012%) undiriladi.
- Markaziy bankning tizhorat banklari bilan o'tkaziladigan depozit aukcionlari bo'yicha vositachilik mukofoti dilerlardan har bir tuzilgan bitim summasining 0.00092%i miqdorida (shu zhumladan, vositachilik mukofoti miqdori 0.00080% va QQS miqdori - 0.00012%) undiriladi.