1. Birjaning Nizomi va boshqa korporativ hujjatlar bilan tanishishni istardim. Ushbu ma’lumotni qayerdan olishim mumkin?
Javob: Birjaning Nizomi va boshqa korporativ hujjatlari bilan https://uzrvb.uz/uzl/category/ustav havola orqali saytda tanishishingiz mumkin.
2. Birja tomonidan amalga oshirilgan turli tadbirlardan, shuningdek, turli yangiliklardan xabardor bo‘lishni istardim. Ushbu mavzu bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar qayerda joylashgan?
Javob: Birjada o‘tkaziladigan va o‘tkazilgan tadbirlar haqida ma’lumot saytda https://uzrvb.uz/uzl/category/press-relizy havola bo‘yicha joylashgan.
3. Birja a’zolari kim va qanday qilib Birjaga a’zo bo‘lish mumkin?
Javob: Birjaning a’zolari ro‘yxati https://uzrvb.uz/uzl/category/spisok-uchastnikov havola orqali keltirilgan.
Birjaga a’zo bo‘lish tartibi “O‘zRVBga a’zolik to‘g‘risidagi Nizom”da yoritilgan. Ushbu hujjat saytda https://uzrvb.uz/uzl/category/ustav havola bo‘yicha joylashtirilgan.
4. Birja a’zoligiga qabul qilinayotganda qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?
Javob: Birjaga a’zo bo‘lish uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar ro‘yxati saytda, https://uzrvb.uz/uzl/category/ustav havola bo‘yicha joylashtirilgan “O‘zRVBga a’zolik to‘g‘risidagi Nizom”da keltirilgan.
5. Birja tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati bilan tanishmoqchi edik.
Javob: Birja tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati Birjaning veb-saytida https://uzrvb.uz/uzl/category/perechen-uslug havola bo‘yicha keltirilgan.
6. Birjada savdo qilish uchun qanday instrumentlar mavjud?
Javob: Birjaning valyuta va pul bozorlari, shuningdek, davlat qimmatli qog‘ozlari bozoridagi birja instrumentlari qatori bilan https://uzrvb.uz/uzl/category/birzhevoy-kotirovalnyy-list havoli orqali tanishishingiz mumkin.
7. Birja a’zolari qaysi bozorlarda ishtirok etishi mumkin
Javob: Birja a’zolari valyuta bozorida, davlat qimmatli qog‘ozlar bozorida va pul bozorida tashkil etiladigan savdolarda ishtirok etishlari mumkin.
8. Tashkilotimiz davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olishni rejalashtirmoqda. Buning uchun, birinchi navbatda nimani bilishimiz kerak?
Javob: Birja bozorlarida ishtirok etish huquqini olish bilan bog‘liq barcha kerakli ma’lumot, shu jumladan bozorlarda ishtirok etish huquqini olish tartibi va boshqa zarur hujjatlar ro‘yxati https://uzrvb.uz/uzl/category/dokumenty havola bo‘yicha joylashgan.
9. Birja fond bozorida savdolar jadvali va grafigidan xabardor bo‘lishni istardim. Ushbu ma’lumotni qayerda olishim mumkin?
Javob: Davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lonlar Birjaning rasmiy veb-saytida "Xabarlar" bo‘limida https://uzrvb.uz/uzl/category/soobscheniya havola bo‘yicha joylashtirib boriladi.
Shuningdek, "G‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari" bo‘limida https://uzrvb.uz/uzl/category/kaznacheyskie-obyazatelstva-i-obligacii-respubliki-uz havola bo‘yicha Moliya vazirligining auksionlar yillik jadvali joylashtirilgan.
10. Jismoniy shaxslar Birjada savdo qila olishi mumkinmi? Mumkin bo‘lgan taqdirda, Birjaning qaysi bozorlarida savdo qila oladi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 dekabrdagi 1016-sonli qaroriga muvofiq jismoniy shaxslar dilerlar orqali diler bilan o‘zaro tuzilgan shartnoma asosida davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olishlari mumkin.
11. Birjada O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari uchun qanday instrumentlar mavjud?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 dekabrdagi 1016-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan chiqariladigan davlat qimmatli qog‘ozlarini mavjud bo‘lib, ushbu qimmatli qog‘ozlarni dilerlar orqali diler bilan o‘zaro tuziladigan shartnomaga muvofiq xarid qilishlari mumkin.
12. Birja xizmatlari uchun to‘lov miqdorlari to‘g‘risida ma’lumot olmoqchi edim, tariflar bilan qayerda tanishsam bo‘ladi?
Javob: Birjaning amaldagi tariflari haqida batafsil ma’lumot bilan veb-saytdagi https://uzrvb.uz/uzl/category/tarify havola orqali tanishishingiz mumkin.