Davlat qimmatli qog'ozlari bozori

O'zbekiston respublika valyuta birzhasida (O'zRVB) elektron savdo-depozitar platformasi zhoriy etilgan bo'lib, mazkur platforma orqali davlat qimmatli qog'ozlarining dastlabki zhoylashtirilishi va muomalasini tashkil etish va amalga oshirish, tuzilgan bitimlar bo'yicha operaciyalar kliringini va hisob-kitobini o'tkazish, shuningdek, davlat qimmatli qog'ozlariga bo'lgan huquqlarni saqlash va hisobga olish amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog'ozlari (DQQ) tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan huzhzhatsiz shaklda chiqarilgan va tizhorat banklari, shuningdek boshqa yuridik shahslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlari o'rtasida zhoylashtiriladigan kuponli va diskontli g'aznachilik mazhburiyatlari va obligaciyalari;
  • huzhzhatsiz shaklda chiqarilgan va tizhorat banklari o'rtasida zhoylashtiriladigan O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligaciyalari.

DQQni zhoylashtirish oddiy aukcion shaklida o'tkaziladi.

DQQ muomalasi aukcion savdolarida uzluksiz ikki tomonlama aukcion uslubida amalga oshiriladi.

Davlat qimmatli qog'ozlari savdolarini tashkil etish va o'tkazish "O'zRVBda davlat qimmatli qog'ozlari bilan savdolar o'tkazish qoidalari" va "O'zRVBda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligaciyalari bilan savdolar o'tkazish qoidalari" bilan tartibga solinadi.

DQQ muomalasi bo'yicha barcha operaciyalar Markaziy bank va O'zRVB bilan tuzilgan bitimlar asosida operaciyalarni o'tkazishga vakolatli dilerlar orqali amalga oshiriladi.

Davlat qimmatli qog'ozlari bozori ishtirokchilari uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida O'zRVBda "O'zRVBda O'zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog'ozlari bilan REPO operaciyalarini tuzish va amalga oshirish qoidalari"ga muvofiq amalga oshiriladigan to'g'ridan-to'g'ri va dilerlar o'rtasida REPO bitimlarni tuzish mehanizmlari zhoriy etilgan.