Akciyadorlarning umumiy yig'ilishi Birjaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Akciyadorlarning umumiy yig'ilishi (akciyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi) har yili o'tkaziladi. Akciyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi moliya yili tugaganidan so'ng keyingi olti oydan kechiktirmay o'tkaziladi. Akciyadorlarning umumiy yig'ilishi har yili 10-30 iyun kunlari o'tkaziladi. Zarur holatlarda, Kuzatuv kengashi yuqorida ko'rsatilgan sanalardan oldin akciyadorlarning yillik umumiy yig'ilishini, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda akciyadorlarni oldindan habardor qilgan holda o'tkazish huquqiga ega.
Akciyadorlarning yillik umumiy yig'ilishida Birja Kuzatuv kengashi va Taftish komissiyasini saylash bo'yicha masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilinadi, shuningdek Birjaning yillik hisoboti, Birjaning rivojlanish strategiyasi maqsadlariga erishish yuzasidan ko'rilgan choralar to'g'risida Ijroiya organi va Birja Kuzatuv kengashining hisobotlari va boshqa hujjatlar ko'rib chiqiladi.
Akciyadorlarning yillik yig'ilishidan tashqari o'tkaziladigan umumiy yig'ilishlari navbatdan tashqari hisoblanadi.
Birja akciyadorlari umumiy yig'ilishining vakolatlari, hususan, quyidagilardan iborat: Birjani qayta tashkil etish va Birjani tugatish; Kuzatuv kengashining miqdoriy tarkibini belgilash, uning a'zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish; Birjaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash; Birjaning yillik hisobotini tasdiqlash; shuningdek Birjaning o'rta va uzoq muddatli rivojlanish Strategiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalarni tasdiqlash va kiritish.