I. Mazkur Sifat siyosati quyidagilarga taalluqli:
1) chet el valyutasini, hosilaviy moliyaviy vositalarni (derivativlarni) sotib olish va sotish hamda ular bilan bog'liq boshqa birja bitimlari bo'yicha birja savdolarini tashkil etish va o'tkazish;
2) davlat qimmatli qog'ozlari bilan birja savdolarini tashkil etish va o'tkazish, shuningdek ularga bo'lgan huquqlarni hisobga olish va saqlash;
3) pul bozorida banklararo savdolarni tashkil etish va o'tkazish;
4) O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan kredit va depozit auksionlarini tashkil etish va o'tkazish;
5) milliy va horijiy valyutalardagi birja bitimlari bo'yicha kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish.
II. Sifat siyosati maqsadlari:
1) qulay investitsiya muhitini rivojlantirish uchun birja savdolari imkoniyatlarini kengaytirish va ular asosida ishonchli, shaffof va innovatsion birja bozorini shakllantirishga ko'maklashish;
2) birja bozorining hajmi va likvidligini oshirishni ta'minlovchi birja savdolarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuqori tehnologiyali infratuzilmani joriy etish va birja mahsulotlarini diversifikatsiya qilish orqali pul-kredit va valyuta siyosati maqsadlariga erishishda ko'maklashish.
III. Sifat siyosatini amalga oshirish bilan bog'liq majburiyatlar:
1) savdo ishtirokchilariga samarali va ishonchli hizmat ko'rsatishni ta'minlash uchun birja savdosi va birja infratuzilmasini yahshilash va rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
2) operatsion faoliyat va biznes jarayonlarini optimallashtirish va avtomatlashtirish;
3) birja vositalarini chuqur diversifikatsiya qilish;
4) birja operatsiyalarini amalga oshirish va tuzilgan birja bitimlarining bajarilishini ta'minlash bo'yicha yangi strategiyalarni joriy etish;
5) tehnologik hizmatlarni kengaytirish;
6) yangi valyuta vositalarini joriy etish uchun me'yoriy-huquqiy bazani va savdo tizimlarini optimallashtirish;
7) birja savdolari ishtirokchilarining tarkibini kengaytirish;
8) bitimlar hajmini oshirishni rag'batlantirish va birja bozorlarining likvidligini ta'minlash;
9) birja savdolari ishtirokchilari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
10) barcha birja bozorlarida market-meyker (bozorni tashkillashtirish) institutini shakllantirish va rivojlantirish;
11) birja indikatorlarini aniqlash algoritmlari va mehanizmlarini ishlab chiqish;
12) hatarlarni boshqarish tizimini joriy etish va takomillashtirish;
13) yangi elektron savdo platformalarini tashkil etish va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;
14) dasturiy mahsulotlarning funksional imkoniyatlarini rivojlantirish;
15) faoliyatning barcha segmentlarida elektron hujjat aylanuvi va arhivlash jarayonlarini takomillashtirish;
16) havfsizlik tizimlarining samaradorligini oshirish;
17) yo'nalishni birja hizmatlarining iste'molchilariga qaratish va ularning talablarini qondirish;
18) ijobiy natijalarga erishish uchun bahamjihat faoliyatni ta'minlash maqsadida barcha toifadagi hodimlarni jalb qilish, shuningdek ularning malakalarini oshirish;
19) faoliyatning barcha turlariga yetakchilik tamoyilini va jarayonlik yondashuvini joriy etish.
“O'zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ rahbariyati quyidagilar bo'yicha zarur choralarni ko'rish majburiyatini oladi:
1) faoliyatni izchil amalga oshirish hamda tehnologik hizmatlar va birja instrumentlarining ro'yhatini kengaytirish imkonini beradigan, qo'llaniladigan me'yoriy va qonunchilik talablarni bajarish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish;
2) Sifat Menejmenti Tizimini qo'llab-quvvatlash, yahshilash va mukammallashtirish;
3) Sifat Menejmenti Tizimi tamoyillari barcha toifadagi ishchilar uchun ustuvor ahamiyatga ega ekanligini hamda hodimlar va barcha manfaatdor tomonlarga ochiqligini namoyish etish.