O'zbekiston respublika valyuta birjasi bozorlari

Valyuta bozori chet el valyutasini sotib olish va sotish bo'yicha banklararo savdo sessiyalari, Markaziy bankning valyutaviy svop auksionlari va dilerlar o'rtasida svop operatsiyalari o'tkaziladigan O'zbekiston Respublikasida uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelaetgan ilk valyuta bozori hisoblanadi.

Pul bozori banklarning qisqa muddatli pul mablag'larini jalb qilish va joylashtirish bo'yicha operatsiyalari, shuningdek Markaziy bankning depozit auksionlaridan tashkil topgan.

Davlat qimmatli qog'ozlari bozorida O'zbekiston Respublikasining g'aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari, shuningdek Markaziy bankining obligatsiyalari muomalaga chiqarilishi va joylashtirilishi amalga oshiriladi. Ushbu bozorda shuningdek to'g'ridan-to'g'ri REPO auksionlari va dilerlar o'rtasidagi REPO operatsiyalari o'tkaziladi.