"O'zbekiston respublika valyuta birjasi" AJning sifat menejmenti tizimi

"O'zbekiston respublika valyuta birjasi" AJning o'rta muddatli (2019-2021) va uzoq muddatli (2019-2023) davrlari uchun rivojlanish strategiyasiga muvofiq samarali operacion faoliyatni ta'minlash va biznes jaraenlarni optimallashtirish maqsadida halqaro ISO 9001: 2015 standartiga asoslangan sifat menejmenti tizimi ishlab chiqildi va joriy etildi.

Sertifikaciya auditi "CERT International" (O'zbekiston) boshqaruv tizimlarini sertifikaciyalash tashkiloti va, Slovakiya milliy akkreditaciya hizmati akkreditaciya qilingan tashkilotlarning milliy reestrida (SNAS) ro'yhatga olingan, "CERT International" s.r.o (Slovakiya) halqaro sertifikaciyalash tashkiloti tomonidan o'tkazildi.

Sertifikaciyalash auditi natijalariga ko'ra "O'zbek respublika valyuta birjasi" AJ sifat menejmenti tizimining halqaro ISO 9001: 2015 va O’z DSt ISO 9001: 2015 milliy standartlari talablariga muvofiqligi to'g'risidagi sertifikatlari olindi.

Ta'kidlash joizki, audit natijalariga ko'ra nomuvofiqliklar, e'tirozlar va og'ishlar aniqlanmagan. Bundan tashqari, auditorlar "O'zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ yuqori rahbariyatining sifat menejmenti tizimini ISO 9001: 2015 standartlariga muvofiq saqlab turish istagi va qiziqishini, asosiy hodimlarning ta'lim va tajribaga asoslangan malakasini faoliyatning kuchli tomonlari sifatida ta'kidladilar.

"O'zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ o'z biznes jaraenlarini yanada optimallashtirish yo'lida ISO 27001: 2013 ahborot havfsizligini boshqarish tizimini va ISO 37001: 2016 korrupciyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo'yicha chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

d58955c7af94b7c4.jpg e56100eb23a5cad2.jpg c32ba2ae7aefc697.jpg