O'zRVBning 2019-2023 yillar uchun rivojlanish strategiyasi

Korporativ missiya birja savdosi imkoniyatlarini kengaytirish va uning asosida qulay investiciya muhitini rivojlantirish uchun ishonchli, shaffof va innovacion birja bozorini shakllantirish orqali mamlakat iqtisodietining barqaror o'sishi va tarkibiy o'zgarishini ta'minlashdan iborat.

Birjaning strategik maqsadi birja savdolarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, birja bozori hajmi va likvidliligini oshirishni ta'minlash, shuningdek regulyatorga yuqori tehnologik infratuzilmani joriy etish va birja mahsulotlarini diversifikaciya qilish orqali pul-kredit va valyuta siesati maqsadlariga erishishda ko'maklashishdir.

Birjaning 2019 - 2023 yillarga mo'ljallangan korporativ missiyasi va strategik maqsadlari, biznesni yanada rivojlantirish uchun potencial imkoniyatlarni, tashqi va ichki tahdidlarni hisobga olgan holda, shuningdek zamonaviy korporativ boshqaruv uslublari, ilg'or birja mehanizmlari va ahborot-kommunikaciya tehnologiyalarni joriy etish orqali birja faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligini anglash asosida belgilandi.

Birja savdosini rivojlantirish yo'nalishi doirasida birja bozorlarini yanada diversifikaciya qilish, shu jumladan birja instrumentlarini kengaytirish, valyuta bozorida har hil turdagi valyutalar bilan savdolarni tashkil etish, qimmatli qog'ozlar sektorida har hil turdagi qimmatli qog'ozlar bilan savdolarni o'tkazish, hosilaviy moliyaviy instrumentlarni ishlab chiqish va amalga oshirish ko'zda tutilgan.

Bundan tashqari, birja savdolarining asosiy ishtirokchisi sifatida barcha birja bozorlarida market-meykerlar institutini joriy etish va rivojlantirish ko'zda tutilgan.

Strategiyada birja savdolarini o'tkazishning ilg'or usullarini birja amalietiga joriy etishga, birja ko'rsatkichlarini aniqlash algoritmlari va mehanizmlarini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratilgan.

Yaqin kelajakda Thomson Reuters va Bloomberg kabi taniqli dune brendlarining elektron savdo maydonchalariga asoslangan muqobil va zahira savdo platformasi sifatida birjadan tashqari (OTC – over-the-counter) bozorni ishga tushirish masalalari ham ko'rib chiqilishi ko'zda tutilgan.

Strategiya doirasida birjaning o'rta muddatli istiqbolga mo'ljallangan strategik vazifalari qatoriga post-treyding hizmatlarini rivojlantirish, birja va birjadan tashqari bozorlarda markaziy kontragent maqomiga ega yuridik shahs bo'lgan hisob-kitob kliring palatasini yaratish, shuningdek, ta'minotning yagona jamg'armasini shakllantirish va birjaning barcha segmentlarida ishtirokchilarga hizmat ko'rsatishda ularning yagona umumiy poziciyalarini yuritish kiritilgan.

Birja infratuzilmasini takomillashtirish bo'yicha tashabbuslarni amalga oshirishda Birja biznes jaraenlari va birja savdolarni yanada avtomatlashtirish hamda masofaviy savdolarni rivojlantirish bo'yicha ishlarni amalga oshirib boradi.

Strategiyaning belgilangan asosiy ustuvor yo'nalishlari bo'yicha tashabbuslarni bosqichma-bosqich amalga oshirish birja bozorining rivojlanishiga, keng doiradagi moliya bozori ishtirokchilari uchun birja hizmatlari qamrovini oshirishga, ilg'or tajribalarni joriy etishga hamda Birja uchun biznes modelining yuqori samaradorligini saqlashga imkon yaratadi.