2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli “Akciyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonning 3-bandiga ko'ra etakchi horijiy kompaniyalarda boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o'rganish asosida ishlab chiqilgan akciyadorlik jamiyatining namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Hususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi, boshqa manfaatdor idoralar va akciyadorlik jamiyatlarining kuzatuv kengashlari uch oy muddatda akciyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasini ularning tarmoq hususiyatlarini inobatga olgan holda, namunaviy tuzilmaga muvofiqlashtirishni ta'minlashlari kerakligi belgilangan.
Yuqorida keltirilganlarga hamda namunaviy tashkiliy tuzilmaga muvofiq O'zRVBning tashkiliy tuzilmasi ishlab chiqildi.
Yangi tahrirdagi “Akciyadorlik jamiyatlari va akciyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi Qonunining 59-moddasiga ko'ra jamiyatning tashkiliy tuzilmasi akciyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Aksiyadorlar umumiy yigilishi
Taftish komissiyasi
Kuzatuv kengashi
Bosh direktor
Ichki audit hizmati
Birja savdolarini o'tkazish va rivojlantirish bo'limi
Bosh direktor o'rinbosari
Bosh direktor maslahatchisi
Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo'limi
Hisob-kliring bo'limi
Axborot texnologiyalari bo'limi
Personalni boshqarish xizmati
Ishlar boshqarmasi
Yuridik hizmat
Axborot-tahlil va kommunikatsiyalar bo'limi
Xavfsizlik xizmati
Korporativ munosabatlar bo`yicha mutaxassis
Devonxona