O'zbekiston respublika valyuta birjasida undiriladigan vositachilik mukofoti (yig'imlar) miqdori

O‘zbekiston respublika valyuta birjasida undiriladigan vositachilik mukofoti (yig‘imlar) miqdori

O‘zbekiston respublika valyuta birjasida undiriladigan vositachilik mukofoti (yig‘imlar) miqdori Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan "O‘zbekiston respublika valyuta birjasida vositachilik mukofoti (yig‘imlar)ni undirish tartibi"ga muvofiq quyidagicha belgilangan:

1.Chet el valyutasi operatsiyalari bo‘yicha vositachilik mukofoti:

- valyuta operatsiyalari bo‘yicha vositachilik mukofoti dilerlar tomonidan tanlangan quyidagi tarif rejalaridan biriga muvofiq undiriladi:

Instrument nomi

Tarif rejasi

Vositachilik mukofotining doimiy qismi
(belgilangan aniq to‘lov)

Vositachilik mukofotining aylanma qismi
(bitim hajmidan undiriladi)

USD/SUM_TOD, USD/SUM_TOM

USD_SP_0

0,00

0,04 %

USD_SP_40

40 BHM*

0,03 %

USD_SP_120

120 BHM*

0,02 %

EUR/SUM_TOD,

EUR/SUM_TOM

EUR_SP_0

0,00

0,025 %

RUB/SUM_TOD,

RUB/SUM_TOM

RUB _SP_0

0,00

0,025 %

CNY/SUM_TOD,

CNY/SUM_TOM

CNY_SP_0

0,00

0,025 %

*Bazaviy hisoblash miqdori

- Markaziy bankning valyuta auksionlarida tuzilgan bitimlar bo‘yicha vositachilik mukofoti har bir Dilerdan har bir tuzilgan bitim summasining 0,01% miqdorida olinadi.

- valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirishda har bir dilerlardan svop bitimi tuzilayotganda bitim summasidan 0,01% miqdorida vositachilik mukofoti undiriladi.

2. Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar bo‘yicha vositachilik mukofoti:

- davlat qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha vositachilik mukofoti dilerlardan auksionda tuzilgan har bir bitim summasining 0,02% miqdorida hamda ikkilamchi savdolarda dilerlar tomonidan tuzilgan har bir bitim summasining 0,015% miqdorida undiriladi;

- RЕPO operatsiyalari bo‘yicha vositachilik mukofoti dastlabki sotuvchidan va dastlabki xaridordan RЕPO operatsiyasining birinchi qismi amalga oshirilgan kuni bitim summasining 0,0008% miqdorida undiriladi*.

* O‘zRVB Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq (2023-yil 20-apreldagi 273-sonli yig‘ilish bayoni) 2023-yil 1-maydan 2023-yil 30-iyunga qadar dilerlararo RЕPO operatsiyalar instrumenti (REPO_GCB_n) bo‘yicha vositachilik mukofoti vaqtincha undirilmaydi.

3. Banklararo pul bozoridagi operatsiyalar va Markaziy bankning tijorat banklari bilan o‘tkaziladigan depozit auksionlari bo‘yicha vositachilik mukofoti:

- banklararo pul bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha vositachilik mukofoti har bir Dilerdan har bir tuzilgan bitim summasining 0.00092% miqdorida (shu jumladan, vositachilik mukofoti miqdori 0.00080% va QQS miqdori - 0.00012%) undiriladi.

- Markaziy bankning tijorat banklari bilan o‘tkaziladigan depozit auksionlari bo‘yicha vositachilik mukofoti dilerlardan har bir tuzilgan bitim summasining 0.00092% miqdorida (shu jumladan, vositachilik mukofoti miqdori 0.00080% va QQS miqdori - 0.00012%) undiriladi.