Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan "O'zbekiston respublika valyuta birjasida vositachilik mukofoti (yig'imlar) olish tartibi"ga muvofiq quyidagi vositachilik mukofotlari undiriladi:
- davlat qimmatli qog‘ozlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha vositachilik mukofoti dilerlardan auksionda tuzilgan har bir bitim summasining 0,02% miqdorida hamda ikkilamchi savdolarda dilerlar tomonidan tuzilgan har bir bitim summasining 0,015% miqdorida undiriladi;
- RЕPO operatsiyalari bo‘yicha vositachilik mukofoti dastlabki sotuvchidan va dastlabki xaridordan RЕPO operatsiyasining birinchi qismi amalga oshirilgan kuni bitim summasining 0,015% miqdorida undiriladi*.
* O‘zRVB Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq (2022 yil 25 iyuldagi 262-sonli yig‘ilish bayoni) 2022 yil 1 avgustdan 2022 yil 31 dekabrga qadar dilerlararo RЕPO operatsiyalar instrumenti (REPO_GCB_n) bo‘yicha vositachilik mukofoti vaqtincha undirilmaydi.