Savdolarda qatnashish huquqi O'zRVBga a'zolik to'g'risidagi Nizomda belgilangan tartibga muvofiq Birja a'zolari ro'yhatiga kiritilgan, shuningdek quyidagi talablarga javob bergan birja a'zolariga beriladi:
- Savdo tizimida ishtirok etish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni belgilangan tartibda va hajmda taqdim etish;
- Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob – kassa markazi bilan birja savdolari bo'yicha hisob-kitoblar uchun ochilgan mahsus hisobvaraqlar bo'yicha hisob-kitob hizmatlarini ko'rsatish to'g'risidagi tuzilgan shartnomaning nushasini taqdim etish;
- tegishli toifa bo'yicha birja savdo tizimida ishtirok etish to'g'risida shartnoma tuzish;
- tegishli toifa bo'yicha savdoda qatnashish huquqiga ega bo'lgan treyderlar ro'yhatini taqdim etish;
- birja savdolari bo'yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun mahsus hisobvaraqlar ro'yhatini taqdim etish;
- "V" toifasidagi Birja a'zolari uchun - diler sifatida davlat qimmatli qog'ozlari bilan operatsiyalarda hizmat ko'rsatish funkciyalarini bajarish uchun Markaziy bank bilan shartnoma eki Bosh bitim tuzish;
Birja a'zolari treyderlari uchun - mahsus kurslarda o'qishni, shuningdek O'zRVBda amaliet o'tganligini tasdiqlovchi treyder sertifikati mavjudligi.
Birja a'zosi yuqoridagi barcha talablarni bajargandan so'ng, Savdo tizimida ro'yhatdan o'tkaziladi va identifikaciya kodi beriladi.
Birja a'zosi nomidan uning treyderi savdolarda qatnashish huquqiga ega.
Treyderga birjaning ichki hujjatlariga muvofiq savdolarda qatnashish huquqi beriladi.