Birja to'g'risida

"O'zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 22 noyabrdagi 297-sonli “O'zbekiston Respublikasida chet el valyutasini erkin sotib olish va sotishni tashkil etish hamda erkin almashtiriladigan valyuta bilan savdo qilishni kengaytirish choralari haqida" gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 29 fevraldagi 66-f-sonli farmoyishiga muvofiq, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash, ichki va tashqi valyuta bozori kon'yunkturasi o'zgarishiga tezkor javob qaytarish maqsadida 1992 yil 12 mayda tashkil etilgan.

Birja chet el valyutani, davlat qimmatli qog'ozlarini, hosilaviy moliyaviy instrumentlarni (derivativlarni) sotib olish va sotish va ular bilan bog'liq boshqa birja operatsiyalari bo'yicha birja savdolari, shuningdek banklararo pul bozori hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan kredit va depozit auksionlari tashkilotchisi - respublikadagi yagona ko'p funkciyali birja maydonchasi hisoblanadi.

Birja valyuta bozori va davlat qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilari uchun qo'shimcha savdo imkoniyatlarini ta'minlash maqsadida valyutaviy svop hamda davlat qimmatli qog'ozlari bilan to'g'ridan-to'g'ri va dilerlar o'rtasida REPO operatsiyalari kabi instrumentlar ishtirokida birja savdolar mehanizmlarini joriy etdi.

Turli hil bozorlarni bitta savdo maydonchasiga birlashtirilishi Birjaning noeb raqobatdosh ustunligi bo'lib, birja bozori ishtirokchilariga o'z investiciyalarini samarali boshqarish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, birjaning alohida tarkibiy bo'linmasi tomonidan post-treyding hizmatlar ko'rsatilishi mazkur hizmatlarning tezligini va ishonchliligini ta'minlaydi.

Ayni paytda Birja quyidagi yo'nalishlarda post-treyding hizmatlarini amalga oshiradi: kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek, davlat qimmatli qog'ozlarini saqlash va ularga bo'lgan huquqlarni hisobini yuritish.

Birjaning kliring tizimi Birja savdo tizimida tuzilgan bitimlar to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ishga, qayta ishlashga, hisobini yuritishga, shuningdek moliyaviy instrumentlar va savdo ishtirokchilari bo'yicha moliyaviy instrumentlar poziciyalari kliringini amalga oshirishga imkon beradi.

Birja savdolari asosiy faoliyatni havfsizlikning ishonchli darajasida amalga oshirishga imkon beradigan noeb savdo dasturiy ta'minot tizimlari asosida o'tkaziladi. Birja foydalanilaetgan tizimlarni doimiy ravishda modernizaciya qilish hamda moliyaviy instrumentlar savdosini tashkillashtirishning jahon standartlariga muvofiq zamonaviy ahborot mahsulotlarini joriy etish bo'yicha ish olib boradi.