Moliya vazirligida birlamchi dilerlar faoliyati masalalari muhokama qilindi

Moliya vazirligi, Markaziy bank, O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) hamda birlamchi dilerlar-tijorat banklari vakillari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) bozoridagi birlamchi dilerlar faoliyati xususiyatlari, ularning huquq va majburiyatlari, ikkilamchi bozorning rivojlanishida tutgan o‘rni to‘g‘risida batafsil so‘z yuritildi.

11.png

Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zRVB Bosh direktori Rashid Usmanov tomonidan DQQ ikkilamchi bozorini, hususan repo bozorini  yanada rivojlantirish maqsadida mazkur bozorda market -meykerlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilganligi, ushbu faoliyat xususiyatlari va afzalliklari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

21.png

O‘z so‘zida, O‘zRVB Bosh direktori market- meykerlik dasturlariga muvofiq market-meykerlarning huquq va majburiyatlari belgilanishi to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib, majburiyatlarni to‘liq bajargan market -meykerlarni rag‘batlantirish tartiboti to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida, ishtirokchilar yuqoridagi mavzular bo‘yicha fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

3.png

O‘zRVB - respublikaning eng yirik va ko‘p funksiyali birja platformasi,  savdo maydonlari, hisob-kitob va kliring tizimi hamda depozitariyni o‘z ichiga olgan noyob integratsiyalashgan tizim bo‘lib, valyuta, pul va muddatli bozorlarda, shuningdek, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida birja savdolari tashkilotchisi hisoblanadi.