O'zRVB 2022 yil yakunlarini sarhisob qildi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "O'zbekiston respublika valyuta birjasi" AJning 2022 yilda erishgan natijalari, joriy etilgan yangiliklar va sohani yanada rivojlantirish uchun belgilangan tadbirlarga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zRVB Bosh direktori R. Usmanov, tashkilot ekspertlari va xodimlari, shuningdek ОAV vakillari ishtirok etdi.

R.Usmanovning ta'kidlashicha, 2022 yil yakunlariga ko'ra O'zRVBning deyarli barcha bozorlari bo'yicha rekord natijalarga erishildi, savdolarning umumiy hajmi esa 706,79 trln. so'mni tashkil etib, o'tgan yilga nisbatan ikki baravarga oshdi.

Matbuot anjumani doirasida birja bozorlari kesimida O'zRVB faoliyati natijalari sarhisob qilindi, joriy etilgan yangi instrumentlarning mohiyati tushuntirildi, tashkilot platformalarini yanada raqamlashtirish va texnologik nuqtai nazaridan takomillashtirish bo'yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e'tibor qaratildi.

Matbuot anjumani yakunida tadbirda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollariga keng qamrovli javoblar oldilar.

O'zRVB faoliyati natijalari haqida batafsil ma'lumotni quyida keltirilgan hujjat orqali tanishishingiz mumkin.

Hujjat

photo2.jpg

photo3.jpg

photo4.jpg

photo5.jpg

photo6.jpg

photo7.jpg

photo8.jpg