O‘zRVBda markaziy kontragent faoliyati joriy etilganligi yuzasidan vebinar o‘tkazildi

Uchrashuvda xorijiy investorlar hamda kastodian banklarning O‘zRVBning davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) bozorida qatnashishi masalasi muhokama qilindi.

Xususan, xorijiy banklarning O‘zRVB infratuzilmasidan foydalanishi, hisob-kitoblarni amalga oshirishi, DQQ bozorida joriy etilayotgan markaziy kontragent faoliyati masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zRVB vakillari tomonidan bugungi kundagi O‘zRVB faoliyati, xususan DQQ bozorida xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari O‘zRVB infratuzilmasining qulayliklari, hisob-kitoblarni amalga oshirishda yaratib berilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

Uchrashuv yakunida, tadbir qatnashchilari O‘zRVBning DQQ bozorida xorijiy banklar va boshqa professional ishtirokchilari qatnashishi uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish borasidagi O‘zRVBning sa’y-xarakatlarini qo‘llab-quvvatlab,  bu yunalishda O‘zRVB bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.

O‘zRVB - respublikaning eng yirik va ko‘p funksiyali birja platformasi,  savdo maydonlari, hisob-kitob va kliring tizimi hamda depozitariyni o‘z ichiga olgan noyob integratsiyalashgan tizim bo‘lib, valyuta, pul va muddatli bozorlarda, shuningdek, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida birja savdolari tashkilotchisi hisoblanadi.