Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
- Bosh sahifa
- Bozorlar va savdolar
- Derivativlar bozori
Derivativlar bozori
Derivativlar bozori
O‘zRVB derivativlar bozorida xalqaro standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan O‘zRVBning zamonaviy in-house savdo platformasida bazaviy aktivi AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi bo‘lgan valyutaviy fyuchers shartnomalari bo‘yicha savdolar yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zRVBning boshqa birja instrumentlari qatorida taklif etilayotgan ushbu yangi instrument bozor ishtirokchilari uchun valyuta xatarlarini himoya qilish, valyuta kursining o‘zgaruvchanligi bilan bog‘liq tashqi va ichki xatarlarni yumshatish, shuningdek, narx o‘zgarishlari evaziga daromad olish imkonini yaratadi.
Valyutaviy fyucherslarni joriy etishdan avval 2021 yil davomida O‘zRVB valyuta bozorida market-meykerlar instituti, Markaziy kontragent faoliyati joriy etilgan bo‘lib, shu bilan birga, O‘zRVB savdo platformasida tuzilgan bitimlar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida Kafolat jamg‘armasi tashkil etildi.