Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


Korporativ boshqaruv

O‘zRVB o‘z faoliyatini aksiyadorlik jamiyati shaklida amalga oshiradi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi va Ijroiya organi (Bosh direktor) boshqaruv organlari hisoblanadi.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi O‘zRVBning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida O‘zRVB Kuzatuv kengashi tarkibini saylash, shuningdek O‘zRVB yillik hisoboti, O‘zRVB Ijroiya organi va Kuzatuv kengashining O‘zRVB Rivojlanish strategiyasi maqsadlariga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlar ko‘rib chiqiladi. 

Birja aksiyadorlari umumiy yig'ilishining vakolatlari, hususan, quyidagilardan iborat: Birjani qayta tashkil etish va Birjani tugatish; Kuzatuv kengashining miqdoriy tarkibini belgilash, uning a'zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish; Birjaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash; Birjaning yillik hisobotini tasdiqlash; shuningdek Birjaning o'rta va uzoq muddatli rivojlanish Strategiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalarni tasdiqlash va kiritish.

O‘zRVB aksiyadorlari vakillaridan iborat Kuzatuv kengashi  “O‘zRVB” AJ Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq O‘zRVB faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

Kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolar ham kiritilishi mumkin.

Kuzatuv kengashi faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish Kuzatuv kengashi raisi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zRVBning joriy faoliyati boshqaruvi yagona Ijroiya organ – ““O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJning Ijroiya organi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq faoliyat yurituvchi Bosh direktor tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zRVB Bosh direktori Kuzatuv kengashi qarori bilan tayinlanadi. Bosh direktorni tayinlash to‘g‘risidagi qaror, xorijiy boshqaruvchilar ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tanlov natijalariga ko‘ra qabul qilinadi.