Biz haqimizda

Biz haqimizda

Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


Biz haqimizda

"O‘zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 22 noyabrdagi 297-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chet el valyutasini erkin sotib olish va sotishni tashkil etish hamda erkin almashtiriladigan valyuta bilan savdo qilishni kengaytirish choralari haqida" gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 29 fevraldagi 66-f-sonli farmoyishiga muvofiq, respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash, ichki va tashqi valyuta bozori kon’yunkturasi o‘zgarishiga tezkor javob qaytarish maqsadida 1992 yil 12 mayda tashkil etilgan.

Birja chet el valyutani, davlat qimmatli qog‘ozlarini, moliyaviy instrumentlarni (derivativlarni) sotib olish va sotish va ular bilan bog‘liq boshqa birja operatsiyalari bo‘yicha birja savdolari, shuningdek banklararo pul bozori hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan kredit va depozit auksionlari tashkilotchisi - respublikadagi yagona ko‘p funksiyali birja maydonchasi hisoblanadi.

Savdo ishtirokchilari uchun qo‘shimcha savdo imkoniyatlarini taqdim etish maqsadida birjada valyutaviy svop va davlat qimmatli qog‘ozlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va dilerlararo REPO bitimlari kabi instrumentlar bilan birja savdosi mexanizmlari joriy etilgan.

Turli bozorlarning yagona savdo platformasida birlashtirilishi birjaning noyob raqobatbardosh ustunligi hisoblanib, birja bozori ishtirokchilariga o‘z investitsiyalarini samarali boshqarish imkonini beradi.

Bundan tashqari, birjaning alohida tarkibiy bo‘linmasi tomonidan posttreyding xizmatlarni taqdim etish ularni amalga oshirish tezligi va ishonchliligini ta’minlaydi.

Hozirgi vaqtda birjaning posttreyding xizmatlari kliring va hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek davlat qimmatli qog‘ozlarini saqlash va ularga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish kabi yo‘nalishlardan iborat.

Birjaning kliring tizimi birja savdo tizimida tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va hisobga olish, shuningdek savdo ishtirokchilari va moliyaviy instrumentlar bo‘yicha moliyaviy instrumentlar bilan pozitsiyalarni kliring qilish imkonini beradi.

Birja savdolari ishonchli xavfsizlik darajasiga ega bo‘lgan asosiy faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan noyob savdo va dasturiy komplekslar asosida amalga oshiriladi. Birja doimiy ravishda foydalaniladigan tizimlarni modernizatsiya qilish va moliyaviy instrumentlar savdosini tashkil etishning jahon standartlariga muvofiq zamonaviy axborot mahsulotlarini joriy etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Litsenziya

Guvohnoma

Birja raqamlarda

  • 33
  • yil bozorda
  • 55dan ortiq
  • tajribali xodimlar
  • 1197,79 trln.so‘m
  • 2024 yildagi savdolar hajmi
Bizning missiya

Bizning missiya

Birja savdolari imkoniyatlarini kengaytirish va uning asosida qulay investitsiya muhitini rivojlantirish uchun ishonchli, shaffof va innovatsion birja bozorini shakllantirish orqali mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishi va tarkibiy o‘zgarishiga hissa qo‘shish.

Bizning maqsad

Birja bozori hajmi va likvidligini oshirishni ta ‘minlaydigan birja savdosini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yuqori texnologiyali infratuzilmani joriy etish va birja mahsulotlarini diversifikatsiyalash yo‘ li bilan pul-kredit va valyuta siyosati maqsadlariga erishishda regulyatorga ko ‘ maklashish

Birja faoliyatining boshqa maqsadlari:

  • birja mahsulotlari bozorini tashkil etish va tartibga solishni ta’minlash, talab va taklif asosida birja mahsulotlarining narxlarini shakllantirish;
  • Birja va uning aksiyadorlari manfaatlari uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan tijorat tashkiloti sifatida foyda olish;
  • barcha savdo ishtirokchilari uchun birja savdolarida qatnashish uchun teng sharoitlar yaratish, narxlash erkinligi va birja savdolarining shaffofligini ta’minlash;
  • savdo ishtirokchilariga samarali va ishonchli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash uchun Birja infratuzilmasini rivojlantirish.
Korporativ qadriyatlar

Korporativ qadriyatlar

Inson eng qadrli

  • Jamoada ishlash, ahillik, o‘zaro yordam ahamiyati
  • O‘zaro hurmat
  • Xodimlar va ularning rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilish
  • Ishonch

Ish sifati va innovatsiyalar

  • Intizom (jumladan, mehnat intizomi va axloqiy me’yorlarga rioya etish).
  • Tahlil asosida qaror qabul qilish
  • Innovatsiyalar

Mijozlarga e‘tibor 

  • Texnologiyalarimiz mijoz manfaatlariga xizmat qiladi
  • Investitsion sharoitlar yaratish
  • Mijozlar ishonchi
  • Mijozlarni bilish va tushunish

Batafsil ma'lumotni faylda olishingiz mumkin