Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


Pul bozori

O‘zRVB pul bozorida bir kundan bir yilgacha bo‘lgan muddatga mablag‘larni joylashtirish/jalb qilish bo‘yicha banklararo depozit operatsiyalari, tijorat banklarining pul mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha Markaziy bankning depozit auksionlari tashkil etiladi, shuningdek REPO bitimlari tuzilib, valyutaviy svop operatsiyalari o‘tkaziladi.

Birjada o‘tkaziladigan savdolar orqali bitimlar tuzilishi bozor ishtirokchilari uchun tezkor ravishda mablag‘larni jalb qilish va qisqa muddatli aktivlarga joylashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Pul bozori instrumentlari yuqori darajada jozibadorligini operatsiyalar hajmining ijobiy dinamikasi ham tasdiqlaydi.

Tijorat banklari o‘rtasida mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish bo‘yicha operatsiyalar "Banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orqali operatsiyalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va “Banklararo pul bozorida elektron savdo platformasi orkali operatsiyalarni o‘tkazish koidalari" ga muvofiq 2018 yilda yaratilgan O‘zRVBning yagona elektron savdo platformasi orqali amalga oshiriladi. 

Markaziy bankning depozit auksionlari "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom va "O‘zbekiston respublika valyuta birjasi elektron savdo platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit operatsiyalarini o‘tkazish qoidalari" ga muvofiq amalga oshiriladi.

REPO hamda  valyutaviy svop bitimlari tegishli ravishda “O‘zRVBda valyutaviy svop operatsiyalarini o‘tkazish qoidalari” va “O‘zRVBda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish qoidalari”ga asosan tuziladi.