Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
- Bosh sahifa
- Birja to'g'risida
- Xizmatlar
Xizmatlar
O 'zbekiston respublika valyuta birjasi tomonidan ko' rsatiladigan xizmatlar ro ' yxati
- Chet el valyutasi oldi-sotdisi bo‘yicha banklararo birja savdolari, davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha auksionlar va ikkilamchi savdolarni, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklari bilan depozit va kredit auksionlarini, pul mablag‘larini joylashtirish va jalb etish bo‘yicha banklararo savdolar, hosilaviy moliya instrumentlari (derivativlar) bo‘yicha birja savdolarini o‘tkazish.
- Dasturiy ta’minotni taqdim etish va uning texnik parametrlarini qo‘llab-quvvatlash.
- Dilerlar tomonidan turli xil birja segmentlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri treyderlarning ish joylari orqali uzoqlashtirilgan savdo terminallaridan foydalangan holda savdolarni amalga oshirish uchun sharoit yaratish.
- Birja operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish.
- Savdo tizimining dasturiy tizimlari va texnik vositalaridan foydalangan holda muntazam konsultatsiya va o‘quv seminarlari orqali treyderlar va boshqa xodimlarning yuqori kasbiy malakasini saqlash uchun sharoit yaratish;
- Savdo ishtirokchilariga har bir bitim natijalari to‘g‘risida tegishli ma’lumotlarni taqdim etish.
- Axborot bilan ta’minlash (birja va moliyaviy vositalar, ularning qiymati va muomala shartlari to‘g‘risida).
- O‘zRVBning turli segmentlari uchun so‘m va xorijiy valyutadagi dilerlar uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlar ochish.
- O‘zRVBning barcha segmentlari bo‘yicha savdo tizimida dilerlarning sotib olish/sotish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilgan bitimlarini hisobga olish.
- Bir savdo sessiyasi davomida yuzaga kelgan so‘m va chet el valyutasida dilerning netto- pozitsiyasi bo‘yicha kliring o‘tkazish.
- So‘m va chet el valyutasi savdolari natijasida dilerning netto-pozitsiyasi bo‘yicha pul hisob - kitoblarini amalga oshirish.
- Dilerlarga shaxsiy kabinetlaridan ko‘chirmalar berish.