Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


Davlat qimmatli qog'ozlari bozori

O‘zbekiston respublika valyuta birjasida (O‘zRVB)ning savdo-kliring platformasi orqali davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ)ning birlamchi joylashtirilishi, ikkilamchi savdolari va kliringi amalga oshiriladi.

O‘zRVBda qo‘yidagi DQQ savdosi tashkillashtirilgan:

  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan davlat g‘aznachilik obligatsiyalari. Ushbu DQQ bilan oldi-sotdi operatsiyalari O‘zRVB dileri bo‘lgan tijorat banklari va investitsiya vositachilari hamda ular orqali O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan barcha investorlar tomonidan amalga oshiriladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar. Ushbu DQQ bilan oldi-sotdi operatsiyalari faqat O‘zRVB dileri bo‘lgan tijorat banklari o‘rtasida amalga oshiriladi.

DQQ savdolarini tashkil etish va o‘tkazish "O‘zRVBda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan savdolar o‘tkazish qoidalari" (PDF) va "O‘zRVBda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligatsiyalari bilan savdolar o‘tkazish qoidalari" (PDF) bilan tartibga solinadi.