Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.08.2023
O‘zRVB va Koreya Markaziy banki: hamkorlikni mustahkamlash va kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash doirasida O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) Bosh direktori Rashid Usmanov Koreya Markaziy banki va Donguk universiteti vakillari ishtirokidagi Birlashgan Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Koreya Markaziy banki bank tizimini, kapital bozorini tartibga soluvchi va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob-kitoblar tizimining (securities settlement system) nazorat organi hisoblanadi.
Kun tartibida - Markaziy kontragent faoliyati, davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) va O‘zRVBda birja bozorlarining boshqa vositalari bilan hisob-kitoblar tizimi to‘g ‘risida axborot almashish.
Uchrashuv davomida O‘zRVB rahbariyati Koreya tomoniga birjaning dinamik faoliyati, zamonaviy IT va WEB texnologiyalariga asoslangan birja infratuzilmasini isloh qilish jarayonlari va birja ekotizimini yanada rivojlantirish istiqbollari (shu jumladan, Milliy kliring markazini tashkil etish) haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, O‘zRVB savdo platformasida dilerlararo REPO bitimlarining yakunlari bo‘yicha yangi hisob-kitob tizimi (“one click” loyihasi) taqdim etildi, unda hisob-kitoblar tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridan avtomatik tarzda pul mablag‘larini echib olish orqali DVP1 modelini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Tomonlar ikki mamlakat tajribalari va ilg‘or amaliyotlarni o‘zaro almashishga qiziqish bildirishdi.
Moliya bozori infratuzilmasi va DQQ bozorida bozorida birja operatsiyalarini kliring, hisob-kitob qilish va hisobga olishda risk-menejment tizimini rivojlantirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Koreya Markaziy banki vakili O‘zRVBning barcha birja bozorlari doirasida savdolar o‘tkazish imkonini beruvchi ko‘p funksiyali savdo platformasini (in-house) joriy etish jarayonida erishilgan yutuqlar darajasini yuqori baholadi.
Koreya tomoni Koreya Respublikasi kapital bozorida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha hisob-kitoblar tizimining umumiy ko‘rinishi to‘g‘risida gapirib o‘tdi va jarayonni nazorat qilish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. O‘zbekiston tomoni Koreyada qo‘llanilayotgan ilg‘or yondashuv va amaliyotlarni milliy hisob-kitoblar tizimini yanada isloh qilish jarayoniga moslashtirish va joriy etish maqsadida o‘rganishga katta qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat investorlari va qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari uchun qulay moliyaviy muhit yaratish maqsadida hamkorlik va tajriba almashishni davom ettirish niyatini bildirishdi.





