Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
15.08.2025
“Kapital-Depozit” MCHJ O‘zRVB ishtirokchilarining professional hamjamiyati tarkibiga kirmoqda
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ birja bozorining professional ishtirokchilari doirasini kengaytirishda davom etmoqda. Buning natijasida “Toshkent” RFB AJ a’zolarini “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ a’zoligiga qabul qilishning yagona soddalashtirilgan tartibi”ga muvofiq “Kapital-Depozit” MCHJ investitsiya vositachisi birja a’zolari tarkibiga “B” toifasi bo‘yicha qabul qilindi.
O‘zRVBga a’zolikning “B” toifasi davlat qimmatli qog‘ozlari savdolarida, jumladan REPO operatsiyalarida ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi.
Ma’lumot uchun: “Kapital-Depozit” MCHJ — 2005 yildan buyon O‘zbekiston kapital bozorida faoliyat yuritayotgan va qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-otdi operatsiyalarida ishtirok etuvchi investitsiya vositachisi va brokeri hisoblanadi. Kompaniya brokerlik va depozitar xizmatlar, investitsion konsalting, aktivlarni boshqarish hamda qimmatli qog‘ozlar (IPO/SPO)ni chiqarishda ko‘maklashishga ixtisoslashgan.
O‘zRVB platformasida ishtirok etish afzalliklari
O‘zRVB a’zolari tarkibiga qo‘shilish kompaniyalarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:- davlat qimmatli qog‘ozlarining birlamchi va ikkilamchi bozorlarida ishtirok etish hamda ishonchli aktivlar portfelini shakllantirgan holda ular bilan REPO bitimlarini tuzish;
- davlat qimmatli qog‘ozlari bozoriga mahalliy hamda xorijiy investorlarni jalb etish;
- savdolarning likvidliligi va shaffofligini oshirish orqali mamlakatning moliyaviy infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shish;
- birja tomonidan axborot va texnologik yordam olish.
Professional ishtirokchilar uchun ochiq platforma
O‘zRVB kapital bozorining barcha ishtirokchilari uchun ochiq, professional va ishonchli platformani yaratishda davom etadi. Yangi ishtirokchilar bilan hamkorlik birja bozoriga bo‘lgan ishonchni mustahkamlab, faoliyatning yangi istiqbollarini ochib bormoqda.
Sizni professional hamjamiyatning bir qismi bo‘lishga taklif qilamiz!
Agar tashkilotingiz yangi imkoniyatlar, ishonchli investitsiya vositalari va kasbiy o‘sishga intilayotgan bo‘lsa — O‘zRVB a’zosiga aylaning!
Biz mamlakatimiz moliya tashkilotlarini birja savdolari ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishga va birgalikda O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirishga, investorlar va bozor ishtirokchilari uchun yangi imkoniyatlar yaratishga taklif qilamiz.
O‘zRVBga a’zo bo‘lish tartibi va shartlari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zRVB Birja savdolari boshqarmasiga murojaat qilishingiz yoki birjaning rasmiy veb-saytida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.





