Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
14.10.2025
Kelajakka sarmoya: O‘zRVB Markaziy bank bilan hamkorlikda bolalarga moliyaviy savodxonlikni o‘rgatmoqda
Moliyaviy ta’limni rivojlantirish uyushmasi (ACDF) huzuridagi Bolalar akademiyasida moliyaviy savodxonlik va kiber xavfsizlikka bag‘ishlangan interaktiv uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) mutaxassislari ishtirokida tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi bolalarda pulni oqilona ishlatish va raqamli dunyoda xavfsiz harakat qilish haqidagi asosiy tushunchalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Turli yoshdagi bolalar ishtirok etgan bu tadbirda, zamonaviy moliyaviy va texnologik mavzular chinakam qiziqish bilan muhokama qilindi.
O‘zRVB eksperti, bosh broker Adham Asqarov moliyaviy dunyo qanday tuzilganligi, pulning ahamiyati va uni oqilona boshqarish usullari haqida tushunarli va qiziqarli tarzda ma’lumot berdi. U, hatto eng yosh internet foydalanuvchilari uchun ham tobora dolzarb bo‘lib borayotgan raqamli xavfsizlik masalalari va onlayn firibgarlikdan himoyalanish yo‘llariga alohida e’tibor qaratdi.
Suhbat jonli va qiziqarli bo‘lib o‘tdi: bolalar faol ravishda savollar berishdi, o‘z fikrlarini baham ko‘rishdi va mutaxassisdan batafsil javoblar olishdi.
Bunday tashabbuslar O‘zRVBning mamlakatda moliyaviy madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha olib borayotgan tizimli ishlarining bir qismidir. Asosiy e’tibor pulga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, raqamli xatarlar to‘g‘risidagi xabardorlikni oshirish hamda moliyaviy dunyoda o‘zini erkin his qiladigan yangi avlodni tarbiyalashga qaratilgan.





