Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
07.11.2025
O‘zRVB valyuta bozorida yangi savdo mexanizmi joriy etildi
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (O‘zRVB)ning valyuta bozorida savdolarni o‘tkazish uslublarini takomillashtirish doirasida O‘zRVB tizimida yangi savdo mexanizmi joriy etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishidagi rolini va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, bozordagi shaffoflik va likvidlikni oshirishga qaratilgan.
Mazkur mexanizm O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich rivojlantirish siyosatining mantiqiy davomi bo‘ldi.
Bundan tashqari, valyuta bozoridagi market-meykerlar uchun teng sharoitlarni ta’minlash va valyuta bozoridagi volatillik bilan bog‘liq xatarlarni qoplash maqsadida ikki tomonlama kotirovkalarning eng yuqori spredi ikki baravar oshirildi.
Keyingi bosqichlarda O‘zRVB valyuta bozorida savdolar yanada shaffof bo‘lishi uchun sharoitlar yaratilib, savdolar mexanizmlari takomillashtirilib boriladi.





