Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
24.12.2025
O‘zRVB va yoshlar : kasb va imkoniyatlar haqida ochiq muloqot
Yosh kadrlar bilan ishlash va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekiston respublika valyuta birjasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zRVB moliya bozori uchun kadrlar salohiyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlarni izchil ravishda amalga oshirib, yosh mutaxassislarning professional o‘sishi va birja faoliyatining real jarayonlariga faol jalb etilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda.
O‘zRVBda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining stipendiatlari — bitiruvchilar bilan tanishtiruv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda moliyaviy bozorni professional yuksalish va o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun asosiy pog‘ona deb biluvchi 44 nafar yosh mutaxassis ishtirok etdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ishtirokchilarni birja faoliyati va ish boshlayotgan mutaxassislar uchun mavjud imkoniyatlar bilan amaliy tarzda tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida birja vakillari O‘zRVB faoliyati, uning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni va moliyaviy bozor barqarorligini ta’minlashdagi asosiy vazifalari haqida so‘zlab berdilar. Ishtirokchilar birja savdolarining tuzilishi, savdo tizimida mavjud moliyaviy instrumentlar, shuningdek, savdo jarayonining asosiy bosqichlari - buyurtma berishdan tortib bitim tuzishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar bilan batafsil tanishib chiqdilar.
Birjaning asosiy faoliyatini tashkil etuvchi shaffoflik, bozor narxlarini shakllantirish va savdolarni tartibga solish tamoyillariga alohida e’tibor qaratildi. Bu ishtirokchilarga valyuta va birja bozorining boshqa segmentlari ishlash mexanizmlarini yaxshi tushunib olish imkoniyatini yaratdi.
Birja faoliyatining asosini tashkil etuvchi shaffoflik, bozor narxlarini shakllantirish va savdolarni tartibga solish tamoyillariga alohida e’tibor qaratildi. Bu ishtirokchilarda birjaning valyuta bozori hamda boshqa segmentlari faoliyat ko‘rsatish mexanizmlari to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilish imkonini berdi.
Uchrashuv formati jonli va ochiq muloqot uchun qulay zamin yaratdi. Yosh mutaxassislar birjaning ish faoliyati, karera bosqichlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va kasbiy o‘sish imkoniyatlariga katta qiziqish bildirdilar. O‘zRVB vakillari o‘z tajribalari haqida so‘zlab berib, ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.
Bu kabi uchrashuvlar yosh mutaxassislarga moliya sohasini yanada yaxshiroq anglashga yordam beradi, ularning kasbiy tayyorgarlik darajasini oshiradi hamda moliya institutlari va bozorning bo‘lajak ishtirokchilari o‘rtasida barqaror aloqalarni shakllantirishga xizmat qiladi.





