Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


27.04.2026

Raiffeisen Bank va O‘zRVB: birja savdolarida ishtirok etish, infratuzilmaviy imkoniyatlar va hamkorlikning yangi yo‘nalishlari 

O‘zbekiston respublika valyuta birjasi Bosh direktori Rashid Usmanov Raiffeisen Bank International delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Asosiy e’tibor xorijiy bankning O‘zbekiston moliya bozoridagi ishtirokini kengaytirish va o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratildi.
Uchrashuv davomida O‘zRVBning pre-treydingdan tortib post-treydinggacha bo‘lgan savdo jarayonlarining to‘liq siklini ta’minlovchi kompleks infratuzilma sifatidagi faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, muzokaralar davomida birja bozorining joriy holati, davlat qimmatli qog‘ozlari segmentini rivojlantirish, shuningdek, birja infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlari — savdo platformalari va hisob-kitob mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi. Xorijiy ishtirokchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda kliring va hisob-kitob xizmatlarini yanada takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Tomonlar  xorijiy bankning birja savdolarida ishtirok etishi, birlamchi dilerlar bilan hamkorlik modellari hamda hisob-kitob sxemalari masalalarini batafsil muhokama qildilar. Shuningdek, bankning davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida, xususan, kastodian funksiyasini bajarish orqali ishtirok etish imkoniyatlari muhokama markazida bo‘ldi.

Kastodian — qimmatli qog‘ozlarni saqlash, ularning hisobini yuritish hamda investorlarning bozordagi operatsiyalarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi moliyaviy tashkilotdir.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va xorijiy ishtirokchilarning O‘zRVB savdo infratuzilmasidagi ishtirokini bosqichma-bosqich kengaytirish yuzasidan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash