Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


05.05.2026

O‘zRVB va IFSB islomiy moliyalashtirish instrumentlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) vakillari Islom moliyaviy xizmatlari kengashi (Islamic Financial Services Board, IFSB) Bosh kotibi o‘rinbosari Abdulla Xaron boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zRVB Bosh direktori Rashid Usmanov birja faoliyati yuzasidan qisqacha ma’lumot berib, uning moliya bozoridagi asosiy infratuzilmaviy platforma sifatidagi ahamiyatini ta’kidladi. Shu bilan birga, O‘zRVBda savdo jarayonining pre-treydingdan post-treydinggacha bo‘lgan to‘liq sikli ta’minlanishi qayd etildi.

Shuningdek o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, islomiy moliyalashtirish instrumentlarini joriy etish va ular bilan birja savdolarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

IFSB vakillari tomonidan tashkilotning mandati va asosiy faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan axborot taqdim etilib, uning islomiy moliya global tizimini rivojlantirishdagi muhim roli qayd etildi. Hozirda Kengash tarkibiga 57 dan ortiq yurisdiksiyalardan qariyb 180 ta tashkilot, jumladan markaziy banklar, nazorat organlari va xalqaro moliya institutlari kiradi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish masalalarini alohida muhokama qildilar. Birlamchi joylashtirish va ikkilamchi muomalani tashkil etish bo‘yicha  yondashuvlar, savdo mexanizmlari va auksion shakllari, shuningdek, birlamchi dilerlarning o‘rni IFSB delegatsiyasida alohida qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zRVBning savdo platformalari, ularning funksional imkoniyatlari hamda birja infratuzilmasiga oid yangiliklar taqdim etildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha tomonlar hamkorlikni izchil rivojlantirishga manfaatdor ekanliklarini qayd etib, islomiy moliyalashtirish instrumentlarini joriy etish, shuningdek mazkur yo‘nalishda tajriba va ilg‘or amaliyotlarni tizimli ravishda almashish muhimligini ta’kidladilar.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash