Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
19.06.2026
O‘zRVB valyuta fyucherslari savdosi qoidalarini yangilamoqda
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ valyuta fyuchers shartnomalari bo‘yicha savdolarni o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritmoqda.
Ushbu o‘zgarish yangi mexanizm — Selective Close-Out, ya’ni ochiq pozitsiyalarni tanlab yopishning joriy qilinishi bilan bog‘liq.
Oddiy so‘z bilan aytganda, bu nimani anglatadi?
Endi diler fyuchers shartnomasining amal qilish muddati tugaguncha pozitsiyani to‘liq yopmasdan, uning faqat kerakli qisminigina yopishi mumkin bo‘ladi.
Pozitsiyalarni oldindan va tanlab yopish imkoniyati kliring ishtirokchilariga o‘z operatsiyalarini nazorat qilish hamda ortiqcha xatarlar to‘planishining oldini olish imkonini beradi.
Bu zamonaviy birja mexanizmlarini rivojlantirish, fyuchers bozoriga ishonchni oshirish hamda mamlakatda yanada barqaror moliyaviy infratuzilma yaratish yo‘lidagi muhim qadamdir.
O‘zRVB kelgusida ham savdo jarayonlarini takomillashtirish hamda bozor ishtirokchilariga yanada ishonchli, tez va samarali faoliyat yuritishga yordam beradigan yechimlarni joriy etishda davom etadi.





