Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
02.07.2026
Ishtirokchilar uchun yanada qulay: O‘zRVB muddatli bozor operatsiyalari bo‘yicha imtiyozli shartlarni joriy etmoqda
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ moliya bozori instrumentlarini rivojlantirish va savdo ishtirokchilari uchun imkoniyatlarni kengaytirishni davom ettirmoqda.
Muddatli bitimlar bozorida faollikni yanada oshirish, ishtirokchilar uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi sharoitlar yaratish hamda xedjirlashning zamonaviy instrumentlaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish maqsadida valyuta derivativlari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda savdo ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash choralari tatbiq etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-martdan 2027-yil 1-yanvarga qadar valyutaviy fyuchers shartnomalari va valyutaviy svop bo‘yicha tuzilgan bitimlar uchun har bir bitimga nisbatan 100 ming so‘m miqdorida qat’iy belgilangan oylik vositachilik mukofoti joriy etildi.
Shu bilan birga, mazkur davrda ushbu operatsiyalar bo‘yicha vositachilik mukofotini undirilmaslik bo‘yicha qo‘shimcha qaror qabul qilindi.
Yangi shartlar valyuta hosilaviy instrumentlaridan foydalanish uchun yanada qulay muhit yaratish, ularning ommabopligi va amaliy jihatdan tushunarliligini oshirish, shuningdek, savdo ishtirokchilari uchun iqtisodiy jozibadorligini kuchaytirishga qaratilgan. Fyuchers shartnomalari va valyutaviy svop operatsiyalari valyuta risklarini boshqarish hamda moliyaviy oqimlarni rejalashtirishning yanada qulay vositasiga aylanmoqda.
Vositachilik mukofoti to‘lovidan ozod etish ishtirokchilarga operatsiyalarni amalga oshirish xarajatlarini qisqartirish va bozordagi faoliyat samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, belgilangan oylik vositachilik mukofotining joriy etilishi mijozlar bazasini faol rivojlantirish, yangi instrumentlarni ilgari surish va ishtirokchilarning muddatli bozorga kirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur choralarning joriy etilishi O‘zRVBning zamonaviy bozor infratuzilmasini yanada takomillashtirish, birja instrumentlari qatorini kengaytirish hamda savdo ishtirokchilarining barcha toifalari uchun qulay va teng shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan tizimli faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
O‘zRVB moliya bozoriga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek risklarni boshqarishning zamonaviy instrumentlaridan foydalanish amaliyoti va madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni bosqichma-bosqich joriy etib boradi.





