Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


08.10.2025

“Asakabank” AJ O‘zRVB valyuta bozorida market-meyker maqomiga ega bo‘ldi

“Asakabank” AJ O‘zRVB valyuta bozorida market-meyker maqomiga ega bo‘ldi

“Asakabank” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston respublikasi valyuta birjasi (O‘zRVB) valyuta bozorida USD/UZS_TOM instrumenti bo‘yicha USD-MM PRO dasturi doirasida market-meyker maqomini qo‘lga kiritdi.

Ushbu maqom bankning birja valyuta bozorini rivojlantirishdagi faol ishtirokini hamda savdolarning barqarorligi, likvidligi va shaffofligini ta’minlashga tayyorligini ifodalaydi.

Market-meyker — bu bozordagi talab va taklif muvozanatini saqlab turuvchi, muntazam ravishda xorijiy valyutani sotib olish va sotish bo‘yicha kotirovkalarni e’lon qilib boradigan professional ishtirokchi hisoblanadi. Ushbu faoliyat savdolarda xajmlarning ko‘payishi va ishtirokchilar uchun savdolarda doimiy taklifning mavjud bo‘lishi kabi qulayliklarni yaratadi.

Market-meykerlik institutini rivojlantirish — bu zamonaviy va samarali valyuta bozorini shakllantirishga qaratilgan asosiy yo‘nalishlardan biridir.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash