Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
20.06.2024
Bank of Georgia davlat qimmatli qog‘ozlarini bevosita xarid qilish bo‘yicha birinchi bitimini tuzdi
“Bank of Georgia” АJ “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” АJ (O‘zRVB) platformasida diler sifatida davlat qimmatli qog‘ozlarini (DQQ) sotib olish bo‘yicha ilk bitimini muvaffaqiyatli amalga oshirdi va bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston kapital bozoriga xalqaro investorlarni jalb etish va uni yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi.
Ushbu bitim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi “Kapital bozorini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan yaratilgan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida amalga oshirildi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zRVB savdolarida birja aʼzoligiga qabul qilingan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin. "Bank of Georgia” АJ birja savdolarida ishtirok etish va DQQ bozorida operasiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi “B” toifasi bo‘yicha O‘zRVB aʼzoligiga qabul qilingan.
Bank of Georgia davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida investor sifatida ishtirok etishini ta’minlash maqsadida bank uchun O‘zRVBning hisob-kitob-kliring tizimida hisob raqami ochildi. Shuningdek, xorijiy nominal egalariga “depo” hisobvaraqlari (omnibus hisobvaraqlari) va to‘g‘ridan-to‘g‘ri individual hisobvaraqlarni ochish imkoniyati yaratildi.
Mamlakat kapital bozorida nomdor xalqaro investorlar ishtiroki moliyaviy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga va moliya sektorida risklarni boshqarishning yangi usullarini joriy etishga xizmat qilmoqda.
O‘zRVB xalqaro investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda O‘zbekiston moliya bozorini rivojlantirish va mustahkamlash uchun ko‘mak bo‘la oladigan innovatsion yechimlarni joriy etishda davom etadi.





