Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.04.2024
Ilg‘orlikda: O‘zRVB Bosh direktori o‘rinbosari XBA Kengashiga aʼzo bo‘lib tayinlandi
Bosh direktor Rashid Usmanov boshchiligida O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) delegatsiyasi MDH davlatlari Xalqaro birjalar assotsiatsiyasi (XBA) aʼzolarining yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etdi. Tadbir Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi va MDH davlatlaridan soha yetakchi mutaxassislarini to‘pladi.

XBAga aʼzoligiga 10ta MDH davlatining 20 birjasi kirgan bo‘lib, birja sohasini hamda moliya bozorlarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish masalalarini muhokama qilish, sohaga oid qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish markazi hisoblanadi.
O‘zRVB vakillari birjalarning bugungi holati va yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, XBA rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish, Raqamli moliyaviy instrumentlar Qo‘mitasi Nizomi va XBA ish rejasi loyihalarini muhokama qilish uchun XBA tadbirlarida faol ishtirok etdi.
Muhokama davomida O‘zRVB rahbari XBU faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Shuningdek, XBA aʼzolarining Umumiy yig‘ilishi doirasida O‘zRVB direktorining o‘rinbosari Aziz Nagayev bir ovozda XBA Kengashi aʼzosi etib tayinlandi. Uyushma aʼzolarining ushbu qarori O‘zRVB erishgan yutuqlarning eʼtirof etilishi va uning Hamdo‘stlik moliya bozorlarini rivojlantirishdagi muhim rolini aks ettiradi.
O‘zRVB bunday xalqaro tadbirlarda ishtirok etishi MDH birjalari bilan birja faoliyatini, infratuzilmani takomillashtirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashish imkonini beradi va shu orqali O‘zRVBning xalqaro moliyaviy maydondagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.






