Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
17.05.2024
O‘zRVB Bosh direktori Clearstream sammitida ishtirok etdi
O‘zbekiston respublika valyuta birjasining Bosh direktori Rashid Usmanov Vengriyaning Budapesht shahrida Clearstream kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamda MDH davlatlari uchun mo‘ljallangan 18-nchi sammitida ishtirok etdi.
Tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan yetakchi ekspertlar va moliyaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etib, post-treyding sohasidagi dolzarb tendentsiyalar va innovatsiyalarni muhokama qildilar.
Sammit davomida moliyaviy bozorlar rivojlanishida sunʼiy intellektning oʼrni, post-treyding sohasini raqamlashtirish, qimmatli qogʼozlar va investitsiya fondlari sohasidagi innovatsion yechimlar, Markaziy va Sharqiy Yevropada, shuningdek MDHda kastodianlar uchun imkoniyatlar yaratilayotgani va shu kabi mavzular muhokama qilindi.
Sammit doirasidagi uchrashuvlar davomida O‘zRVB rahbari innovatsion yechimlarni joriy etish va birja bozorlarini tartibga solish sohasida birja tajribasi, tashkilot erishgan yutuqlar va uning oldida turgan vazifalar bilan o‘rtoqlashdi.
Sammit xalqaro bozorning turli ishtirokchilari o‘rtasida tajriba va ko‘nikmalar almashinuvi va aloqalarni mustahkamlash uchun o‘ziga xos platforma boʼlib xizmat qildi hamda O‘zbekiston moliya sektorini yanada rivojlantirish va jahon moliya bozorlariga integratsiyalashuvida yana bir muhim qadam bo‘ldi.





