Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


05.09.2025

O‘zRVB Cbonds-Congress VII konferensiyasida: islohotlar, innovatsiyalar va istiqbollar

O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) Bosh direktori Rashid Usmanov rahbarligida delegatsiya moliya bozorlari bo‘yicha biznes-konferensiyalar tashkilotchisi Cbonds-Congress kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” VII xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Tadbir davomida R. Usmanov “O‘zbekiston moliya bozori: tendensiyalar, islohotlar va istiqbollar” mavzusiga bag‘ishlangan muhokamada so‘zga chiqdi. O‘zRVB Bosh direktori o‘z nutqida O‘zRVB faoliyatining qisqacha tahlilini taqdim etib, so‘nggi yillarda erishilgan asosiy yutuqlar haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, birja infratuzilmasini takomillashtirish, birja instrumentlari va texnologik mahsulotlar turlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yaqin kelajakda birjani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Davlat organlari, moliyaviy muassasalar, emitentlar, banklar, investitsiya kompaniyalari, brokerlar va xalqaro ekspertlarni jamlagan, O‘zbekiston kapital bozoriga bag‘ishlangan mazkur xalqaro anjuman dolzarb masalalar, yangi tartibga solish tashabbuslari hamda investitsiya imkoniyatlarini muhokama qilish uchun muhim maydonga aylandi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash