Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
25.04.2024
O‘zRVB va Bank of Georgia: o‘zaro manfaatli hamkorlik sari qadamlar
O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) Bosh direktori Rashid Usmanov Bank of Georgia (Gruziya) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda ikkala moliya institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Gruziya Banki tomonidan O‘zRVBning davlat qimmatli qog‘ozlari bozorida diler maqomini olishi va O‘zRVB depozitariy tizimida chet el nominal saqlovchilar hisobvaraqlarini ochish tartibi masalalari muhokama qilindi.
Chet el nominal saqlovchilar — bu qimmatli qog‘ozlarning egasi bo‘lmagan, boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab faoliyat yuritadigan, qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish va ularga bo‘lgan huquqlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy tashkilot.
Muzokaralar chog‘ida O‘zRVB rahbari diler bo‘lishning afzalliklari, ularning birja instrumentlari keng doirasi va birja xizmatlaridan hamda qulay savdo shartlaridan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida alohida gapirib o‘tdi.
Xorijiy investorlarning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi O‘zbekiston moliya sektorini yanada rivojlantirish va uning investitsion jozibadorligini oshirishning muhim katalizatoriga aylanishi mumkin.
Uchrashuv konstruktiv muhitda o‘tib, tomonlar rejalashtirilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar to‘g‘risida kelishib oldi.





