Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.08.2023
Iqtisodiy forum yakunlari: yangi hamkorlar va birja bozorining yanada rivojlanishi istiqbollari
2022 yil 3-4 noyabr kunlari Samarqand shahrida II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” mavzusiga bag‘ishlangan.
“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (O‘zRVB) mamlakatimiz iqtisodiyoti va moliyaviy rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan tadbirga xomiy-hamkor bo‘lib, ushbu tadbirda O‘zRVB Bosh direktori Rashid Usmanov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
O‘zRVB delegatsiyasi Forum doirasida oid bir qator davra suhbatlari, plenar yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etdi.
Iqtisodiy forum nafaqat Dasturda belgilangan rasmiy tadbirlar, balki barcha qatnashchilar uchun yirik netvorking maydonchasiga aylanganligi bilan ham o‘ta muhim.

Forum doirasida O‘zRVB delegatsiyasi vakillari tomonidan xalqaro moliya institutlari, mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan birja faoliyati va kapital bozorini rivojlantirish borasida o‘zaro manfaatli strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xorijiy investorlarni O‘zbekiston birja bozorlariga jalb qilish yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar davomida O‘zRVBda joriy etilgan yangi birja instrumentlari, xususan, yangi valyuta juftliklari, davlat qimmatli qog‘ozlarining yangi turlari, valyutaviy fyuchers kontraktlari, ishlab chiqilgan yangi dasturiy mahsulotlar va IT-yechimlar, markaziy kontragent hamda provayder banklar faoliyati haqida ma’lumot berildi.
O‘zRVBning korporativ boshqaruvga alohida e’tibori bois, Mustaqil direktorlar assotsiatsiyasi Kuzatuv Kengashining asoschisi va raisi, korporativ boshqaruv sohasidagi ekspert Aleksandr Ikonnikov bilan o‘tkazilgan qizg‘in suhbat davomida ilg‘or xorijiy yondashuv asosida kompaniyalarni boshqarish, korporativ boshqaruv ahamiyatini o‘rganish hamda direktorlar kengashining ishlash jihatlari masalalari muhokama qilindi.
Forum yakunlariga ko‘ra, tashkil etilgan uchrashuv va muzokaralar natijasida xorijiy va mahalliy hamkorlar O‘zRVB faoliyati bilan tanishtirilib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zRVB platformasida xorijiy va mahalliy investorlarning ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi.





