Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.08.2023
“Oʼzbekiston Respublikasining kapital bozori” III xalqaro konferensiyasi boʼlib oʼtdi
Toshkent shahrida Oʼzbekiston Respublikasi kapital bozori faoliyatiga bagʼishlangan III xalqaro konferensiya boʼlib oʼtdi. Tadbirda ishtirok etish uchun mahalliy regulyatorlar, tijorat banklari, investitsiya kompaniyalari, ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, reyting agentliklari va infratuzilma kompaniyalari vakillari taklif etildi.
Forumda Oʼzbekiston respublika valyuta birjasi (OʼzRVB)ning vakillari ishtirok etib, OʼzRVB Bosh direktori Rashid Usmanov “Oʼzbekiston moliya bozori: infratuzilma va tartibga solish” mavzusi muhokamasida maʼruza bilan qatnashdi.
Maʼruza davomida OʼzRVB rahbari tashkilot faoliyati haqida qisqacha maʼlumot berib, soʼnggi yillarda erishilgan yutuqlar, jumladan, OʼzRVB infratuzilmasini takomillashtirish va birja mahsulotlari turlarini kengaytirish boʼyicha amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib, OʼzRVBni rivojlantirish boʼyicha oʼrta va uzoq muddatli istiqbollari toʼgʼrisida toʼxtalib oʼtdi.
Oʼzbekiston moliya bozori infratuzilmasi rivojlanishiga bagʼishlangan muhokama yakunida OʼzRVB rahbari konferentsiya ishtirokchilari tomonidan OʼzRVB va respublika valyuta bozori faoliyatiga oid berilgan savollarga atroflicha javob berdi.
Shu bilan birga, OʼzRVB va bir qator xorijiy moliya institutlari hamda investitsiya kompaniyalari vakillari oʼzaro manfaatli hamkorlikni yoʼlga qoʼyish, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi moliya bozorini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashdilar.





