Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.08.2023
"Mosaic Financial Ltd." (AQSH) investitsiya kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2022 yil 11 mart kuni O‘zbekiston respublikasi valyuta birjasida "Mosaic Financial Ltd." investitsiya kompaniyasining direktori Robert Jensen boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda "Mosaic Financial Ltd." kompaniyasining investitsiyalar bo‘limi rahbari janob Natal Bell hamda operatsion bo‘lim boshlig‘i Sherzod Badalbayev ham ishtirok etdi.
"Mosaic Financial Ltd." rahbari kompaniyaning faoliyati haqida qisqacha to‘xtalib, kompaniya 1983 yilda AQSHning Yuta shtatida tashkil topganligi to‘g‘risida hamda kompaniya xalqaro moliya bozorlarida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, fintexnologiyalarni joriy etish bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi.
Muzokaralar davomida "Mosaic Financial Ltd." delegatsiyasi O‘zRVBga "Euroclear" xalqaro depozitariy kliring markazi va AQSH moliya-investitsiya guruhlari bilan aloqalarni o‘rnatishda, O‘zbekiston rezidentlarining xorijiy qimmatli qog‘ozlar va xalqaro kapital bozorlarining boshqa innovatsion mahsulotlaridan foydalanishida ko‘maklashishi mumkinligini bildirdi. Shu bilan birga, delegatsiya vakillari O‘zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog‘ozlari bozoriga qiziqishi borligini bildirdi.
Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik, jumladan, texnologik platformalarni ishlab chiqish va rivojlantirish sohasida o‘zaro tajriba almashish va "Mosaic Financial Ltd." kompaniyasining O‘zRVB bozorlaridagi ishtirok etish imkoniyatlari bo‘yicha masalalarni muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida, tomonlar kelgusi uchrashuvlarda o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldilar.





