Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.08.2023
“Moskva birjasi” guruhi vakillari bilan uchrashuvlar boʼlib oʼtdi
Oʼzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini belgilash maqsadida “Moskva birjasi” guruhi vakillarining Oʼzbekiston respublika valyuta birjasi (OʼzRVB)ga tashrifi boʼlib oʼtdi.
“Moskva birjasi” guruhi Rossiyaning yirik birja xoldingi hisoblanib, uning tarkibiga, jumladan, aksiya va obligatsiyalar, hosilaviy instrumentlar, valyutalar, pul bozori instrumentlari va tovarlar bilan savdolar uchun moʼljallangan yagona koʼp funktsiyali birja maydonchasini boshqaradigan “Moskva birjasi” АJ kiradi.
Shu bilan birga, “Moskva birjasi” guruhi oʼz tarkibida Markaziy depozitariy (“Milliy hisob-kitob depozitariysi” АJ) hamda birja bozorlarida markaziy kontragent vazifasini bajaruvchi Kliring markazi (“Milliy kliring markazi” АJ)ni ham qamrab olgan.
OʼzRVB va uning ilk va yaqin hamkorlaridan biri hisoblangan “Moskva birjasi” guruhi oʼrtasidagi oʼzaro manfaatli hamkorlik 2019-yili tashkilotlar oʼrtasida tuzilgan Oʼzaro hamkorlik Memorandumi doirasida amalga oshirib kelinmoqda.
Uchrashuv davomida OʼzRVB Bosh direktori R. Usmonov OʼzRVBning bugungi faoliyati toʼgʼrisida qisqacha toʼxtalib, “market-meykerlar” institutini barcha birja segmentlarida joriy etish hamda OʼzRVB qoshida Markaziy kontragentni yaratish, fyuchers bozorini shakllantirish kabi OʼzRVB rivojlanish strategiyasining istiqbolli rejalari bilan oʼrtoqlashdi.
Oʼz navbatida, “Moskva birjasi” guruhi vakillari oʼz tashkilotlari faoliyati toʼgʼrisida batafsil soʼzlab berdilar va OʼzRVB tomonidan soʼnggi yillarda erishilgan yutuqlarga va bugungi kundagi faoliyatiga yuqori baho berdilar.
Boʼlib oʼtgan muzokaralar davomida yana bir qator dolzarb masalalar, jumladan, OʼzRVBni yanada texnologik rivojlantirish, optimal tarif siyosatini yuritish, depozitar tizimni takomillashtirish masalalari ham keng yoritildi.
Uchrashuvda yakunida tomonlar oʼzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish boʼyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini davom ettirishga kelishib oldilar.





