Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


18.08.2023

Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” IV xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (O‘zRVB) vakillari 2022 yil 8 sentabr kuni Toshkent shahrida  Cbonds-Congress kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” IV xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Tadbirda regulyatorlar, banklar, investitsiya kompaniyalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va reyting agentliklari vakillari ham qatnashdi.

O‘zRVB Bosh direktori Rashid Usmonov konferensiya panel muhokamalarida so‘zga chiqib, O‘zbekiston moliya bozori asosiy ishtirokchilaridan biri hisoblangan O‘zRVB faoliyati, uning  qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasidagi tutgan o‘rni to‘g‘risida so‘zlab, mazkur infratuzilmani yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Bundan tashqari, konferensiya doirasida O‘zRVB vakillari bir qator xorijiy moliya institutlari va investitsiya kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, birja infratuzilmasini yanada rivojlantirish, shuningdek, O‘zRVB bozorlarida xorijiy investorlarning ishtiroki yuzasidan fikr almashdi.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash