Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
18.08.2023
O‘zRVB xalqaro vebinarda ishtirok etdi
2021 yil 22 aprel kuni "O‘zbekiston respublika valyuta birjasi" aksiyadorlik jamiyati (O‘zRVB) London fond birjasi (LFB) Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlikda "O‘zbekiston xalqaro kapital bozorlarida" mavzusida tashkil etilgan xalqaro vebinarda onlayn tarzda ishtirok etdi.
Vebinarda LFB ijrochi direktori Juliya Xoggett, XMK vitse-prezidenti va G‘aznachilik rahbari Jon Gandolfo, LFB hamda XMK rahbariyati rasmiylari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari Odil Isoqov, shuningdek tijorat banklari vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda O‘ZRVB bosh direktori Rashid Usmonov taqdimot bilan ishtirok etdi. O‘zRVB rahbari o‘z ma’ruzasini birjaning shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida qisqa ma’lumot bilan boshlab, birja bozori segmentlari rivojlanishining bugungi kundagi tendensiyalarini tavsifladi hamda O‘zRVB rivojlanishining o‘rta muddatli strategiyasi doirasida istiqbolli rejalar bilan vebinar ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi.
Vebinar davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori bo‘yicha strategiyasining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida o‘zaro fikr almashdilar.
Vebinar yakunida tinglovchilar va tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilar batafsil javob berdilar.





