Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


18.08.2023

FBS investitsiya kompaniyasi vakili bilan uchrashuv

O‘zbekiston respublika valyuta birjasi (UzRVB) va FBS investitsiya kompaniyasi vakillari o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Faoliyatining asosiy yo‘nalishi MDH moliya bozorlarida islomiy moliya mahsulotlarini ilgari surish bo‘lgan FBS investitsiya va konsalting kompaniyasi Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va MDH mamlakatlarining fond bozorlarida faoliyat yuritib keladi.

Uchrashuv davomida O‘zRVB va FBS kompaniyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari, jumladan O‘zRVBda listingni shakllantirish, emitentlar, anderrayterlar va investorlar uchun muhim loyihalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tomonlar "Suquq" islomiy obligatsiyalarini O‘zRVB bozorlarida joriy etish doirasida hamkorlik to‘g‘risida fikr almashdilar.

FBS kompaniyasi tegishli me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda, xususan islomiy qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha O‘zRVB savdo ishtirokchilari uchun listing qoidalarini ishlab chiqishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Tomonlar fond bozorida, xususan zamonaviy birja vositalarini joriy etish masalasida O‘zRVBning faollashishi mahalliy kapital bozorining rivojlanishiga yangi impuls beradi degan fikr bildirdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusi uchrashuvlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qilishni davom ettirishga kelishib oldilar.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash