Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
06.08.2023
Birdaniga 4 ta bank O‘zRVB a'zoliliga qabul qilindi
O‘zRVBga a’zoligi “HAYOT BANK”, “YANGI BANK”, “Smart Bank” va “APEX BANK” aksiyadorlik jamiyatlariga birja operatsiyalarida faol ishtirok etish hamda O‘zbekiston moliya bozorida o‘z imkoniyatlarini kengaytirish huquqini beradi.
Ta’kidlash joizki, “Smart Bank” - C” toifasi, “APEX BANK”, “HAYOT BANK” va “YANGI BANK” esa barcha - “A”, “B” va “C” toifalari bo‘yicha O‘zRVB a’zoligiga qabul qilindi.

“A” toifasi a’zolarga chet el valyutasi bozorida operatsiyalarni, shu jumladan, valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan operatsiyalarni amalga oshirish va savdolarda qatnashish huquqini beradi.
“B” toifasi - davlat qimmatli qog‘ozlari birja bozoridagi savdolarda qatnashish va operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beradi.
“C” toifasi bo‘yicha a’zolik - banklararo pul bozori hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan kredit va depozit auksionlarida operatsiyalarni amalga oshirish va savdolarda qatnashish huquqini beradi.
Birja savdolari ishtirokchilari sonini kengaytirish, shuningdek moliya bozori sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zRVBga a’zo bo‘lish uchun yig‘imlar va to‘lovlar undirilmaydi.





