Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
08.05.2023
"Madad Invest Bank" ATBga "B" toifasi berildi
"O‘zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ Kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq "Madad Invest Bank" aksiyadorlik tijorat bankiga "B" toifasi berildi.
"B" toifasi davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha savdolarda ishtirok etish, shu jumladan REPO bitimlarini tuzish huquqini beruvchi toifa hisoblanadi.
"Madad Invest Bank" ATB 2017 yil 22 dekabr kuni O‘zRVBning valyuta va banklararo pul bozorlaridagi savdolarda ishtirok etish, shuningdek, Markaziy bankning tijorat banklari bilan kredit va depozit auksionlarida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi "A" toifasi bo‘yicha O‘zRVB a’zoligiga qabul qilindi.





