Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


11.05.2023

“O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJda ISO 9001:2015 xalqaro standarti bo‘yicha ikkinchi nazorat auditi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

Ikkinchi nazorat auditi natijalariga ko‘ra “O‘zbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (O‘zRVB) sifat menejmenti tizimi (SMT) ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.

SMTni baholagan “CERT International” MCHJ (SNAS) auditorlari uni to‘liq samarali ekanligini, shuningdek O‘zRVBda uni to‘g‘ri yuritish va yanada rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilganligini ta’kidladilar.

Auditorlar hulosasida, O‘zRVB SMT joriy talablarni bajarishga va kutilgan natijalarga erishishni ta’minlashga qodirligi, ichki audit jarayoni esa standart talablariga to‘liq javob berishi to‘g‘risida alohida aytib o‘tildi.

Bundan tashqari, nazorat auditi tomonidan O‘zRVB faoliyatidagi ijobiy jihatlar qatorida quyidagilar alohida ko‘rsatib o‘tildi:

- menejment tizimi masalalarida tashkilot rahbariyatining yetakchiligi;

- asosiy xodimlarning bilim va tajribaga asoslangan yuqori malakaga egaligi;

- tashkilotning rivojlangan infratuzilmasi;

- audit davomida tashkilotdagi ochiq va konstruktiv muhit;

- ahil va professional jamoa.

Ta’kidlash joizki, yaqin istiqbolda O‘zRVBda boshqa ISO xalqaro standartlarini joriy etish va sertifikatlash bo‘yicha tadbirlar ham rejalashtirilgan.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash