Valyuta kurslari:

O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:

1 USD = UZS ()


27.02.2024

O‘zRVB bozorlarida yangi market-meykerlar ish boshladi

Market-meyker maqomi davlat qimmatli qog‘ozlari bozorining (DQQ) birlamchi dilerlari bo‘lgan “Kapitalbank” ATB, “Asakabank” AJ, “Ipotekabank” ATIB va “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga ular tomonidan O‘zRVB bilan tegishli shartnomalar imzolanganidan so‘ng  berildi.

Market-meyker vazifasini mazkur tijorat banklari joriy yilning 1 martidan boshlab bajarishga kirishadilar.

Hozirda DQQ bozorida market-meyker faoliyatini birlamchi dilerlar hisoblangan “АЦИА АЛЛИАНСE БАНК” ATB, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Ipak Yo‘li” AITB, “Turonbank” ATB va “Xalq banki” AT amalga oshirmoqda.

Tasdiqlangan Dasturga ko‘ra, market-meykerlar sotib olish va sotish uchun kotirovkalarni shakllantirish orqali birja bozorlarini (DQQ ikkilamchi bozori va REPO bozori) likvidlik bilan taʼminlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

Shuningdek, Dasturda belgilangan talablar bajarilgan taqdirda, O‘zRVB tomonidan market-meykerga  mukofot to‘lovining ikki turi nazarda tutilgan.

Birinchisi — bu market-meyker va uning kontragenti tomonidan to‘langan komissiya miqdoridan hisoblangan O‘zRVB mukofoti, ikkinchisi — belgilangan miqdordagi mukofot (hisobot oyida tuzilgan passiv bitimlarning yetarli hajmi bajarilgan taqdirda to‘lanadi).

Eslatib o‘tamiz, market-meyker faoliyati birinchi marta 2021 yil 4 oktyabrda O‘zRVBning birja valyuta bozorida joriy etilgan.

Yangiliklarni baham ko'ring

Matbuot markazining aloqalari

Butun matnni nusxalash