Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
15.05.2023
O‘zRVB davlat qimmatli qog‘ozlari bozorining “UZCE mobile GB” mobil ilovasi taqdim etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207- sonli “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan 2021-2022 yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish bo‘yicha “Yo’l xaritasi» ijrosini ta’minlash maqsadida davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) bilan oldi-sotdi operatsiyalarini masofaviy tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus “UZCE mobile GB” mobil ilova ishlab chiqilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur ilova O‘zRVB savdo ishtirokchilariga DQQni sotish va sotib olish operatsiyalarida masofaviy ishtirok etish imkoniyatini yaratish bilan birga, DQQ bozoriga oid birja malumot va yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda DQQ savdo jarayonlarini yanada faollashtirish imkonini beradi.
“UZCE mobile GB” mobil ilovasining imkoniyat va affzalliklari qatorida DQQ bozoridagi auksionlar parametrlariga oid ma’lumotlarni ko‘rish, DQQni sotish yoki sotib olish buyurtmalarini kiritish, kiritilgan buyurtmalarni bekor qilish, sotish yoki sotib olish bo‘yicha bitimlar, shu jumladan RЕPO bitimlarini amalga oshirish va ularning natijalarini ko‘rish, depo hisob-varag‘i va pul mablag‘lari qoldig‘ini real vaqt rejimida ko‘rib turish va tekshirish mumkinligini alohida aytib o‘tish lozim.
2022 yil 3 oktabr kuni O‘zbekiston Respublika Markaziy bankida bo‘lib o‘tgan taqdimot davomida, “UZCE mobile GB” mobil ilovasining bozor ishtirokchilari uchun qulayliklari xususida atroflicha so‘z yuritildi hamda mazkur ilovani AppStore hamda Google Play Market internet do‘konlari joylashtirilganligi va bugungi kunda foydalanuvchilar tomonidan yuklab olish imkoniyati yaratilganligi to‘g‘risida xam aytib o‘tildi.





