Valyuta kurslari:
O‘zRVBda ochilish auksioni kursi:
1 USD = UZS ()
21.05.2023
O‘zRVBda markaziy kontragent faoliyati joriy etilganligi yuzasidan vebinar o‘tkazildi
Uchrashuvda xorijiy investorlar hamda kastodian banklarning O‘zRVBning davlat qimmatli qog‘ozlari (DQQ) bozorida qatnashishi masalasi muhokama qilindi.
Xususan, xorijiy banklarning O‘zRVB infratuzilmasidan foydalanishi, hisob-kitoblarni amalga oshirishi, DQQ bozorida joriy etilayotgan markaziy kontragent faoliyati masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zRVB vakillari tomonidan bugungi kundagi O‘zRVB faoliyati, xususan DQQ bozorida xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari O‘zRVB infratuzilmasining qulayliklari, hisob-kitoblarni amalga oshirishda yaratib berilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
Uchrashuv yakunida, tadbir qatnashchilari O‘zRVBning DQQ bozorida xorijiy banklar va boshqa professional ishtirokchilari qatnashishi uchun har tomonlama qulay sharoitlar yaratish borasidagi O‘zRVBning sa’y-xarakatlarini qo‘llab-quvvatlab, bu yunalishda O‘zRVB bilan hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tdilar.





